Jamiyat
Oʻzbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilari soni 31 mln. dan ortdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 29,5 mln. ni tashkil etadi. Bu haqda 14-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da maʼlum qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga javob bergan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov xalqaro va shaharlararo telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish maqsadida Xalqaro Internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik qobiliyati 2,6 barobar oshirilib, 3 200 Gbit/s.ga yetkazilganini qayd etdi. Magistral telekommunikatsiya tarmoqlari oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 600 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 60 Gbit/s.ga yetkazilgan.
Bu bilan respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning 2021-yil boshiga nisbatan 25 foizga arzonlashtirishga erishilgan. Shuningdek, 2021-2022-yillarda qoʻshimcha 102 ming km. optik-tolali aloqa liniyalarini qurish orqali ularning umumiy uzunligi 170 ming kilometrga yetkazilgan.
«2020-yil yakunida 2,7 mln.ta nuqtada keng polosali Internetga ulanish imkoniyati mavjud boʻlgan boʻlsa, soʻnggi ikki yilda qoʻshimcha 1,7 mln. keng polosali portlar oʻrnatilishi natijasida jami 4,4 mln.ta uy xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, soʻnggi ikki yilda 22 300 ta qoʻshimcha tayanch stansiyalari oʻrnatilib ularning umumiy soni 54,0 mingtaga yetkazildi», deydi AKT vaziri.
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q