Jamiyat
Oʻzbekistonda 2022-yil dekabr oyining oʻtgan davri davomida isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish boʻyicha 192 holatga chek qoʻyildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, vazirlik huzuridagi “Oʻzneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh aʼzolari ishtirokida 12 kun davomida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 17 mingga yaqin xonadonning kuz-qish mavsumida bir oylik isteʼmoliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 10,2 milliard soʻmni va gaz hajmi 10,2 million kub metrni tashkil etgan. Ushbu hajmdagi tabiiy gaz oʻrtacha 17 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning kuz-qish mavsumida bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanish holatlari asosan Navoiy viloyatida (2,4 milliard soʻm), Jizzaxda (2,0 milliard soʻm), Buxoroda (0,9 milliard soʻm), Qashqadaryoda (0,267 milliard soʻm), Toshkent viloyatida (0,8 milliard soʻm) va Toshkent shahrida (0,165 milliard soʻm) aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q