1-yanvardan kimlarning pensiyasi oshadi?

Saqlash
15:57 / 15.12.2022 1837 0

2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobariga oshirilishi belgilangan.

 

Bunda pensiya tayinlashda hisobga olingan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 million 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

 

Bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 million 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi.

 

Pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamgʻarmasiga murojaat etish zaruriyati yoʻq.

 

Pensiya miqdori oshganligi toʻgʻrisida maʼlumotni https://t.me/pensiyauzbot telegram bot orqali tekshirib koʻrish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//