14-dekabr kuni yana 134 kishida koronavirus aniqlandi

Saqlash
14:49 / 15.12.2022 950 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 14-dekabr holatiga Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 134 nafarni tashkil etmoqda.

 

Toshkent shahri hamon kasallik eng koʻp qayd etilayotgan hudud boʻlib turibdi. 14-dekabr sanasida poytaxtda 75 nafar fuqaroda kassalik aniqlangan.

 

Shuningdek, yangi kasallanish holatlarining:

6 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

1 nafari Andijon viloyatida,

4 nafari Buxoro viloyatida,

6 nafari Jizzax viloyatida,

8 nafari Qashqadaryo viloyatida,

3 nafari Namangan viloyatida,

6 nafari Samarqand viloyatida,

2 nafari Sirdaryo viloyatida,

6 nafari Surxondaryo viloyatida,

6 nafari Fargʻona viloyatida,

11 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

 

Qayd etish kerak, bundan bir kun avval, 13-dekabr sanasida sutkalik kasallanishlar soni 101 tani tashkil qilgandi. 12-dekabr kuni esa bu koʻrsatkich ancha past boʻlgan — 58 nafar. 11-dekabr kuni 122 kishida, 10-dekabr kuni 120 kishida, 9-dekabr kuni 130 kishida, 8-dekabr sanasida esa 122 kishida koronavirus aniqlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//