Oʻzbekistonda 10 oyda 18 ming nafardan koʻproq egizak dunyoga keldi

Saqlash
14:18 / 15.12.2022 896 0

Oʻzbekistonda 10 oyda 18 230 nafar egizak tugʻildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 408 taga koʻpdir. Hududlar kesimida esa eng koʻp egizaklar tugʻilishi Samarqand viloyatiga toʻgʻri keladi — 2122 nafar. Keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo (1888 nafar) va Fargʻona (1717 nafar) viloyatlari bormoqda.

 

10 oyda hududlar boʻyicha:

 

Samarqand viloyatida — 2122 nafar;

Qashqadaryo viloyatida — 1888 nafar;

Fargʻona viloyatida — 1717 nafar;

Andijon viloyatida — 1676 nafar;

Namangan viloyatida — 1648 nafar;

Toshkent shahrida — 1616 nafar;

Surxondaryo viloyatida — 1546 nafar;

Toshkent viloyatida — 1431 nafar;

Buxoro viloyatida — 954 nafar;

Xorazm viloyatida — 899 nafar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 888 nafar;

Jizzax viloyatida — 777 nafar;

Navoiy viloyatida — 579 nafar;

Sirdaryo viloyatida — 489 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//