Iqtisod
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozoridagi talab oʻzgarishlari tahlilida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlarining oʻzgarishiga oid maʼlumotlar ham koʻrsatib oʻtildi.
Unga koʻra, noyabr oyida poytaxtda ijara narxlarining pasayishi qayd etilgan.
Yaʼni oktyabr oyiga nisbatan noyabr oyida Toshkent shahrida ijaraga beriladigan uy-joy narxi 5,8 foizga arzonlagan. Shu bilan birga, yil boshidan beri poytaxtda oʻrtacha ijara narxi 35 foizdan oshib, 1 kvadrat metr uchun deyarli 10 dollarni tashkil etgan.
Markaz tahlillariga koʻra, 1 kv.m uchun eng yuqori ijara narxi Shayxontohur (13,2 doll.), Mirobod (12,3 doll.) va Yakkasaroy (12,2 doll.) tumanlarida qayd etildi. Nisbatan arzon narxlar Uchtepa (8,1 doll.), Sergeli (7,2 doll.) va Bektemir (6 doll.) tumanlarida qayd etildi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q