Turkiyalik ayol oʻzini 6 yoshida turmushga bergan ota-onasi va sobiq turmush oʻrtogʻini sudga berdi

Saqlash
18:13 / 14.12.2022 1692 0

Ayni kunlarda turk OAVlaridagi asosiy yangilik 24 yoshli ayol oʻzini bundan 18 yil avval, 6 yoshida turmushga bergani uchun ota-onasi va sobiq turmush oʻrtogʻini sudga bergani haqidagi xabar boʻlib turibdi.

 

Qayd etilishicha, 1998-yilda tugʻilgan qiz 6 yoshida 29 yoshli Qodir Istekliga nikohlab berilgan. Erkak diniy jamiyati aʼzosi ekanligi aytilmoqda. Qizning ota-onasi nikohga qarshilik qilmagan, aksincha uning otasi bunda asosiy rolni bajargan.

 

Hozirda 24 yoshda boʻlgan ayol kerakli dalillar bilan politsiyaga murojaat qilgan, ota-onasi va Qodir Isteklini sudga bergan. Biroq ish shu yilning oktabr oyida natijasiz tugatilgan. Maʼlumotlarga koʻra, ish qayta koʻrib chiqiladi. Holat davlat nazoratiga olingan.

 

Matbuotda yozilishicha, Qodir Istekli, qizning ota-onasi Yusuf Ziyo Gumushel va Fatima Gumushelga 27 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi kutilmoqda. Baʼzi manbalarda esa Qodir Istekliga 67 yil “berilishi” mumkinligi ham taʼkidlangan.

 

Shu bilan birga qizning yaqinlari ham, Qodir Istekli ham ayblovlarni inkor etmoqda. Biroq taqdim etilgan suratlarda chindan qizning kichik yoshda boʻlganini koʻrish mumkin.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//