Jamiyat
Qalin tuman va koʻrish chegarasining pastligi bir nechta xalqaro aeroportlarda samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishlar kechiktirilishiga sabab boʻldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, manzil aeroportidagi noqulay ob-havo tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY87 (Urganch — Fargʻona) reysi Urganch aeroportida ushlab qolindi. 73 yoʻlovchisi boʻlgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:35 da uchishi lozim edi.
Koʻrish chegarasi 25 metrdan kam boʻlganligi sababli HY71/72, HY84 (Fargʻona — Samarqand, Fargʻona — Toshkent) reyslari bekor qilindi. Shuningdek, “Fargʻona” aeroporti Sankt-Peterburgdan uchgan samolyotni qabul qila olmadi va bort “Toshkent” aeroportiga yoʻnaltirildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9628/9627 (Toshkent — Fargʻona — Moskva) va HY081 (Toshkent — Fargʻona) yoʻnalishidagi reyslari uchish vaqti oʻzgartirildi.
Quyuq tuman (koʻrish — 300 metr) HY622 (Moskva — Andijon) reysi uchish aeroportida bir necha soatga kechiktirilishiga sabab boʻldi. Hozirda samolyot kutish zonasiga yoʻnaltirildi va muqobil aerodromga joʻnab ketadi.
“Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namangan aeroportida ham bir qator reyslar qoldirilgan. Beqaror ob-havo tufayli aeroport vaqti-vaqti bilan samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishlarni cheklashga majbur boʻlmoqda.
Fargʻona, Andijon va Namangan xalqaro aeroportlarida yaqin orada ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q