Jamiyat
DTM xabariga koʻra, Davlat komissiyasining bayonlari bilan quyidagi hududlardan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berilgan:
7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;
8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.
Bunda:
oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;
talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;
oʻqishini koʻchirishga ruxsat berish boʻyicha qaror Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.
Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabul qilinib, barcha maʼlumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
109678
Jamiyat
94060
Jamiyat
89842
Jamiyat
72997
Jamiyat
//
Izoh yo‘q