Jamiyat
Sentabr oyida Samarqand shahrida oʻtkazilgan SHHT sammiti sababli navbatdan tashqari taʼtil berilgan maktab oʻquvchilari qishki taʼtildan boshqa joylardagiga nisbatan ertaroq qaytadi. Bu haqda viloyat xalq taʼlim boshqarmasi xabar bermoqda.
Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining qaroriga koʻra, Samarqand shahridagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga, shuningdek, Oqdaryo, Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengashlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegishli farmoyishiga asosan Samarqand tumanidagi 3 ta (7-,23-,53-), Toyloq tumanidagi 5 ta (11-,12-,15-,17-,59-), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25-,38-,39-,41-,48-), Jomboy tumanidagi 6 ta (5-,6-,8-,22-,20- va 44-) umumtaʼlim maktablariga 5−19-sentabr kunlari navbatdan tashqari taʼtil berilgan.
Qarorlarda qoldirilgan dars soatlari oʻquv yili davomida beriladigan taʼtillar hisobiga qoplanishi belgilangan. Shunga koʻra, muassasalarda 5, 6, 7 va 8-sentabr kunlari qoldirilgan darslar kuzgi taʼtilning 4, 5, 7 va 8-noyabr hisobidan toʻldirilgan.
Shuningdek, 9, 10, 12, 13, 14-sentabr kunlari qoldirilgan darslar oʻrni qishki taʼtil kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, (5, 6, 7, 9, 10-yanvar kunlari) jami 5 oʻqish kuni hisobidan toʻldiriladi.
15, 16,17-sentabr kunlari qoldirilgan dars mashgʻulotlari oʻrni esa 2023-yil bahorgi taʼtilning oxirgi 3 oʻqish kuni hisobidan toʻldiriladi.
Avvalroq maktab oʻquvchilari uchun II chorakning soʻnggi kuni 27-dekabrga toʻgʻri kelib, III chorak 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanishi maʼlum qilingandi.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q