Jamiyat
Toshkent metropolitenining “Yerusti halqa” yoʻnalishidagi poyezdlar 5:00 dan 23:00 gacha harakatlanadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 16-dekabrdan metro temiryoʻllarida texnik ishlar bajarilib, oʻrnatilgan qurilmalar texnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Shu sababli metropolitenning “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.
“Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yoʻlovchilardan uzr soʻraymiz.
Texnik ishlar yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar metropolitenning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali beriladi”, – deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111971
Jamiyat
94701
Jamiyat
90706
Jamiyat
75472
Jamiyat
//
Izoh yo‘q