Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlari faoliyatiga toʻsqinlik qilgan shaxslarga maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda

Saqlash
22:05 / 13.12.2022 1076 0

Oʻzbekistonda tibbiyot xodimi faoliyatiga toʻsqinlik qilgan mansabdorlarni jarimaga tortish yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish jazosi belgilanmoqda. Bu haqda 13-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikda xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga nisbatan turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazganlik, tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarlik belgilanmagan. Bu kabi omillar esa amaliyotda turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.

 

Hujjatda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq holatlarda javobgarlik, mazkur ishning taalluqliligi va uni koʻrib chiqish muddatlari oʻz aksini topmoqda.

 

Xususan, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish uchun maʼmuriy javobgarlik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigachamansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish belgilanmoqda.

 

Majlisda deputatlar tomonidan ushbu qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda bir ovozdan qabul qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//