Jamiyat
13-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:29 da Vengriyaning WizzAir aviakompaniyasiga tegishli samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati.
Oʻzbekistonga Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi parvoz yoʻnalishini ochgan Airbus A321 neo samolyoti anʼanaga koʻra suv arkasi, ekipaj aʼzolari va 141 nafar yoʻlovchi esa karnay va surnay sadolari bilan kutib olindi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 25-yanvaridan boshlab WizzAir Toshkent aeroportiga haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlarni boshlashni rejalashtirgan.
Maʼlumot uchun, avvalroq WizzAir loukoster aviakompaniyasi 13-dekabrdan Samarqandga parvozlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi. Chiptalar narxi 40 dollardan boshlanadi. Kompaniya veb-saytida dastlabki reyslarning narxi 90 dollar ekanligi koʻrsatilgan.
WizzAir — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Budapeshtda (Vengriya) joylashgan.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q