Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti Andijon shahar boʻlimi mansabdor shaxslari xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganliklari oqibatida, “E.b.” va “M.M.” MCHJlar tomonidan tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,1 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.E.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida tabiiy gaz sarfini hisoblash uskunasi tekshirish metodikasi talablariga javob bermasligi, bosim kanalidagi koʻrsatkichlar notoʻgʻri ishlab kelganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111972
Jamiyat
94702
Jamiyat
90707
Jamiyat
75473
Jamiyat
//
Izoh yo‘q