Jamiyat
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar A.Navoiy mavzesida xonadonda gaz chaqnashi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Fargʻona viloyati FVB Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, 12-dekabr, dushanba kuni soat 15:24 da Qoʻqon shahar FVBga shaharning A.Navoiy mavzesidagi 101/13-uyda yashovchi 1991-yilda tugʻilgan D.N. yashash xonadonida gaz chaqnashi natijasida vafot etgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
FVB olib borgan oʻrganish davomida fuqaro D.N.ning xonadonidagi gazni tekshirib koʻrish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir boʻlgan.
Natijada D.N. hodisa joyida vafot etgan. U bilan birga boʻlgan ukasi fuqaro B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jarohati bilan Qoʻqon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q