Oʻn ikki nafar sudyaning ish joyi oʻzgardi
Jamiyat
20:31 / 12.12.2022
1253
0
10-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishi ortidan oʻn ikki nafar sudyaning ish joyi oʻzgardi, deb xabar berdi Kengash matbuot xizmati.
Ochiq tanlov va muqobillik asosida kechgan jarayon natijasida tuman sudidan viloyat sudiga, viloyat sudidan shahar sudiga oʻtganlar ham bor.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
- Nomozov Muzaffar Ergashovich — sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Sariosiyo tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Sherobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Berdiyorov Rahmatjon Tojinorovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Yusupov Nizom Hasanovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Mirzayeva Iroda Tohirovna — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.
-
- Ismoilov Mavlonbek Matyoqubovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Haydarov Tolibjan Yakubjonovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Rahimjonov Rahmonberdi Qambaridinovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Chinoz tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Abdushukurov Farhod Zokirovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Bektemir tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Xolmonov Bahodir Muhiddinovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Toshev Dusmurod Baratovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi raisining oʻrinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Eshimov Sharof Zoirovich — sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyer shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Mingbuloq tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
-
- Sodiqov Shuhratjon Abdumoʻminovich — sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Mingbuloq tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Paxtakor tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
Izoh yo‘q