Fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida bir guruh mutaxassıslar mukofotlandi

Saqlash
13:12 / 12.12.2022 1095 0

Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-iyulda qabul qilingan PF–3781-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2022-yilgi Davlat mukofotlari boʻyicha taklifiga asosan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va maʼnaviy-maʼrifiy hayotida alohida eʼtiborga sazovor boʻlgan, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun:

 

Birinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:

 

fan va texnika sohasida:

 

Sanakulov Kuvandik, Snitka Nikolay Pavlovich, Usmanov Rustamjon, Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, Mustakimov Otabek Mannabiyevichga – “Texnologik va ishlanishi murakkab boʻlgan oltin tarkibli maʼdanlarni qayta ishlash va oʻzlashtirishning kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” boʻyicha ilmiy-amaliy ishlanmasi uchun;

 

adabiyot sohasida:

 

Karimov Naim Fatixovichga – “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun;

 

sanʼat va meʼmorchilik sohasida:

 

Alikulov Alisher Maxmudovichga – Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun.

 

Ikkinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:

 

fan va texnika sohasida:

 

Kvint Vladimir Lvovichga – “Amir Temurning strategik yetakchiligi: “Tuzuklar”ga izohlar” ilmiy monografiyasi uchun;

 

sanʼat va meʼmorchilik sohasida (sanʼat va meʼmorchilik sohasida koʻzda tutilgan 1 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti oʻrniga 2022-yil uchun istisno tariqasida 2 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti berilishi belgilansin):

 

Mirtadjiyev Djalalitdin Tursunovichga (marhum) – mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda va bir qator xorijiy mamlakatlarda ishlangan haykaltaroshlik asarlari uchun;

 

Muxammeddinov Najimaddinga – “Gulla-yashna, Oʻzbekistonim!” simfonik poemasi, “Ayjamal” baleti va “Guloyim” operasiga yozilgan musiqiy kompozitsiyalari uchun.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish