Angren neftbazasida 11 tonna AI-80 benzini oqib ketdi

Saqlash
15:00 / 12.12.2022 1065 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir boʻlgani haqida xabarlar, odamlar sizib chiqayotgan neftni idishlarga quyib olayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan korxona boshligʻi D.Azimov munosabat bildirdi.

 

Uning soʻzlariga koʻra, joriy yilning 10-dekabr kuni, taxminan, soat 20:10 da Angren neftbazasi hududida 5000m/kub hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) sifonining joʻmragi havo harorati pasayishi oqibatida muzlab yorilgan.

 

Natijada sigʻimdagi AI-80 benzin yonilgʻi mahsuloti (11 500 litr) toʻkilgan. Sodir boʻlgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida, soat 20:45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetmagani qoʻshimcha qilingan.

 

Yonilgʻi mahsulotlari toʻkilishi natijasida yomgʻir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan soat 14:00 da tashqariga sizib chiqqan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//