Jamiyat
10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 30 yilligi munosabati bilan Mirzaobod tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskanining ochilish marosimi oʻtkazildi.
Marosimda Sirdaryo viloyati hokimi maslahatchisi Gʻaybulla Yusupov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Murodjon Hayitov, Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Yariyev soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.
Ochilish marosimida tumandagi sektor rahbarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, turli soha rahbarlarining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Maskan binosi zamonaviy jihozlangan boʻlib, unda kutubxona, majlislar zali, seminar-treninglar oʻtkazishga moʻljallangan xonalar hamda faoliyat olib borish uchun maxsus xonalar oʻrin olgan. Birinchi va ikkinchi renessans asoschilari, jadidchilik harakati aʼzolari boʻlgan alloma va maʼrifatparvarlarimizning hayoti va ijodiy faoliyati, “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar haqida xabar beruvchi fotolavhalar, Prezidentning sohaga oid farmon va qarorlari oʻrin olgan targʻibot lavhalari shular jumlasidan.
Maskan joylashgan hududda “Maʼrifat xiyoboni” va “Adabiyot xiyoboni” milliy ruh uygʻunligida barpo etilgan.
Shuningdek, joriy yilda viloyatda Guliston, Shirin shaharlari va Xovos tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini ochilishiga katta tayyorgarlik koʻrilayotganligi alohida qayd etildi.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q