Oʻzbekistonda AI-80 markadagi benzin narxi 5500 soʻmgacha pasayishi kutilmoqda

Saqlash
16:35 / 10.12.2022 1438 0

Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayevning bildirishicha, AI-80 benzini uchun aksiz soligʻi bekor qilinishi natijasida yaqin kunlarda ushbu markadagi benzin narxi 5500 soʻmgacha pasayishi kutilmoqda.

 

“AI-80 benzini uchun aksiz soligʻi bekor qilinishi AYQSHlarda ushbu markada sotilayotgan yonilgʻining narxi 1000-1200 soʻm arzonlashishiga olib kelishi kerak. Bugungi kunda AI-80 benzin narxi 5500 soʻmgacha pasayishi kutilmoqda.

 

Taʼkidlash joizki, birjaga chiqarilayotgan hajmlar ham ortganligi hamda birjada boshlangʻich narxdan 5 foizdan ortiq boʻlmagan holda narx oshishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, 5500 soʻmlik narxni yaqin kunlarda koʻrishimiz mumkin”, — deydi Sherzod Xoʻjayev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//