Sirdaryoda masjid qurilishi uchun yigʻilayotgan pul oʻzlashtirildi

Saqlash
20:23 / 09.12.2022 1541 0

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida qurilayotgan masjid uchun yigʻilayotgan pullar oʻzlashtirildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.


Qayd etilishicha, Yangiyer shahrida yashovchi M.S. ariza bilan murojaat qilib, shaharda qurilishi rejalashtirilgan masjid uchun ochilgan bank kartasi maʼlumotlarini ehson qiluvchilarga tarqatish uchun Telegramʻda eʼlon qoldirgan. Shundan soʻng oʻzini Rossiyada ishlovchi ayol sifatida tanishtirgan shaxs 150 dollar miqdoridagi pullarni ehson qilmoqchi ekanini bildirib, bank karta boshqaruvi uchun kelgan SMS-xabarni qoʻlga kiritish orqali mavjud 73,4 million soʻm pullarni oʻzlashtirib olgan. Arizachi nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.


Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 26 yoshli E.A. va uning jinoiy sherigi Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 20 yoshli N.J. sodir etgani aniqlangan.


Gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//