Jamiyat
Rossiyadagi jamoat transportlarida Qurolli kuchlarda shartnoma asosida xizmat qilsangiz, fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda olasiz, degan oʻzbek tilidagi eʼlonlar paydo boʻldi. Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻzbekistonliklardan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli hududlarga bormaslikni soʻradi.
“Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi daʼvatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni soʻraymiz”, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining boshqa davlatda harbiy xizmatga yollanishi qonuniy javobgarlikka asos boʻlishi yana bir bor aytilgan.
«Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarining harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlarga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan», deya taʼkidlanadi Tashqi mehnat migratsiyasining xabarida.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q