Siyosat
Hukumatning joriy yil 5-dekabrdagi tegishli qarori bilan Elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, 2023-yil 1-martgacha ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilishini hamda koʻrib chiqilishini amalga oshirish boʻyicha yagona mobil ilova ishga tushiriladi.
2023-yil 1-iyulgacha yagona mobil ilova orqali boshqa majburiy va ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta daʼvolariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilishi hamda koʻrib chiqilishi amaliyotga joriy etiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-iyulgacha “Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q