Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda viloyatidagi AYQSHlarda AI-80 benzin 8 ming soʻmdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» bayonot berdi.
Qayd etilishicha, holat oʻrganilganda, Termiz shahridagi “DON” xususiy firmasiga tegishli AYQSH haqiqatan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.
«Benzin narxini sunʼiy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYQSHga avtobenzin yetkazib berish toʻxtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatma berildi», deyiladi inspeksiya bayonotida.
Umuman olganda, narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299ta AYQSHga benzin yetkazib berish toʻxtatilgan.
«Oʻzbekistondagi 2 000 dan ziyod benzin AYQSHlarga kuniga oʻrtacha 3 200 tonna benzin oʻrniga 4000 tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda.
Gaz toʻldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar, avtobenzin narxini oshishiga olib kelmaydi», deyiladi rasmiy maʼlumotda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111973
Jamiyat
94702
Jamiyat
90707
Jamiyat
75474
Jamiyat
//
Izoh yo‘q