Jamiyat
Joriy yilning 29-noyabr kuni Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani, Shoʻrsuv MFYda joylashgan gips ishlab chiqaruvchi zavod gaz tarmogʻidan uzilgan va buning ortidan esa 10 mingga yaqin ishchi-xizmatchilar ishsiz qolgani, ularning zavod oldida oʻz noroziliklarni bildirib videomurojaat eʼlon qilganliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.
Viloyat IIB bergan maʼlumotga koʻra, 6-dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari oʻzboshimchalik bilan jamoat tartibini buzib, norozilik uyushtirgan.
Shu sabab mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tuman sudi 7-dekabr kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q