Iphone 14 Pro Max sohibi va boshqa sovrindorlar aniqlandi

Saqlash
19:12 / 08.12.2022 4215 4

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan Oyina.uz portali tomonidan tashkil etilgan sovrinli viktorina g‘oliblari aniqlandi.

 

Ikki bosqichda o‘tkazilgan onlayn tanlovda Alisher Egamberdiyev mutlaq g‘olib bo‘ldi (23 ta to‘g‘ri javob, 6 minut 58 sekund) va Iphone 14 Pro Max sohibiga aylandi.

 

Ziyoda Tojixo‘jayeva (19 ta to‘g‘ri javob, 7 minut 50 sekund),

Munisa A’zamova (19 ta to‘g‘ri javob, 9 minut 11 sekund),

Do‘stmurod Safarov (19 ta to‘g‘ri javob, 9 minut 45 sekund),

Mohisitora Fayziyeva (18 ta to‘g‘ri javob, 8 minut 18 sekund),

Sirojiddin Namozov (18 ta to‘g‘ri javob, 8 minut 44 sekund) ham yuqori natijaga erishib, viktorina sovrindorlari safidan joy oldi. Ularning har biriga smartfon taqdim etiladi.

 

Ta’kidlash kerakki, bir ishtirokchi “Oyina.uz” tanlovlarida avval ham g‘olib bo‘lgani, yana bir ishtirokchi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimida ishlayotgani bois sovrindorlar qatoridan chiqarildi. Ularning o‘rni esa tartib bo‘yicha keyingi qatnashchilar hisobiga to‘ldirildi.

 

Viktorinamizning g‘olib va sovrindorlarini chin dildan tabriklaymiz! Sovg‘alar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi tantanalari doirasida topshiriladi.

 

Barchani Oyina.uz portali tanlovlarida faol ishtirok etishga chaqiramiz!

4 Izohlar

Данияров Одилбек

06:01 / 01.01.1970

Ассалому алайкум! Викторина зўр ташкил қилинган. Ғолибларни табриклайман. Яна шунга ўхшаш викториналар ташкил этилса мақсадга мувофиқ бўлар эди. Ташкилотчиларга катта раҳмат!

Mahliyo

06:01 / 01.01.1970

Assalomu alekum o‘yin zo‘r tashkillanibdi yana bo‘ladimi men boshqacha tushungan ekanman yutganlarni tabrikleman

Muxlisa

06:01 / 01.01.1970

Yaxshi yana oʻyin oʻtkazila

Oybek

06:01 / 01.01.1970

Assalomu alaykum hammaga. Shunday viktorina i tashkil qilganinglar uchun kattakon rahmat. Lekin men qatnashgim kelgandi 2-shartda, afsus 100 talikka kira olmadim. Umuman olganda hech bo'lmaganda 200 ta likka kirganlarning ham qatnashsa bo'lardi. Mening bu shaxsiy fikrim.

Izoh qoldirish