Sirdaryoda yana bitta IES qurish rejalashtirilmoqda

Saqlash
15:12 / 07.12.2022 1249 0

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi bosh direktori Axmed Jengizni qabul qildi.
 

Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston va Turkiya davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikka toʻxtalib, bugungi kunda ikki davlat rahbarlarining tashabbusi bilan barcha sohalarda aloqalar tobora yangi bosqichga chiqayotgani, iqtisodiyot rivoji uchun muhim boʻlgan yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Kompaniya rahbari Xovos tumanidagi quvvati 220 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasi muvaffaqiyatli boʻlgani, joriy yilning dekabr oyi yakuniga qadar toʻliq quvvatda ishga tushirilishini taʼkidladi. Shuningdek, yana bir yirik, qiymati 300,0 million AQSH dollarilik quvvati 450 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasi ishlab chiqilayotgani, buning uchun viloyatning infratuzilma imkoniyatlari har tomonlama oʻrganilganini bildirdi.

 

Viloyat hokimi Sirdaryoning iqtisodiyoti, sanoat korxonalarini ishlab chiqarish quvvatlari yildan-yilga ortib borayotgani, bunda elektr energiyaga boʻlgan talab yanada ortishini taʼkidlab, mazkur sohada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan qoʻshimcha muzokaralar olib borilishini maʼlum qildi.

 

Maʼlumot oʻrnida, ushbu loyiha doirasidagi qurilish ishlariga 800-900 ta mahalliy ishchi kuchi jalb qilinib, IES ishga tushgach 100-120 ta doimiy ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish