Namanganlik deputat uzr soʻradi

Saqlash
20:37 / 07.12.2022 1992 0

Muzaffar Jamolitdinov ismli namanganlik deputat Facebookʼdagi sahifasiga gaz, elektr bilan bogʻliq muammolarni olib chiqayotganlarni qamoq bilan “ogohlantirgani” shov-shuvlarga sabab boʻldi. 

 

Deputat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali nima sababdan bunday deganiga izoh berdi.

 

U oʻz izohida xalqni xotirjamlikka chaqirmoqchi ekanini qayd etgan. 

 

«Bundan 6 yil avval men oʻzim bir ishda ayblanib 10 oy qamoq ehtiyot chorasida turmada saqlanganman. Shunda oilaviy xotirjamlik, tinchlik hamma narsadan ustunligini anglab yetganman. Men 10 oy davomida kechirgan tashvishlarim shu darajada ogʻir boʻlganidan hamda yana qaytadan tiklanish juda qiyin boʻlganidan ayni kundagi elektr va gaz bilan bogʻliq muammolar oʻz nazarimda yengildek tuyuldi.

 

Shu oʻrinda men joylagan postni tahdid deb qabul qilgan fuqarolardan toʻgʻri qabul qilishlarini soʻrab uzr soʻrayman», deydi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//