Ertaga tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi – SSV

Saqlash
13:12 / 07.12.2022 1132 0

Ertaga — umumxalq bayrami — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.

 

Taʼkidlanishicha, bayram kuni quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:

 

    • 1049 ta oilaviy poliklinika,
    •  
    • 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
    •  
    • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
    •  
    • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
    •  
    • tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.

 

Mamlakatimiz boʻylab 2733 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda boʻladi.

 

Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

 

Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olishingiz mumkin.

 

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan boʻlimlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor, vrach-laborant va yordamchi xodimlar faoliyatini davom ettiradi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi bayram kunida uzluksiz mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorligini bildiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish