Madaniyat
Bugun, 8-noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Zamonaviy amaliy-bezak san’ati: bezak va uslub” mavzusida III Toshkent Xalqaro amaliy san’at biyennalesining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada mahalliy va chet ellik 20 nafar ustaning ijodiy ishlari namoyish etildi. Pandemiya sababli xorijdan kela olmagan ustalarning asarlari slayd-shou ko‘rinishida taqdim qilindi.
Biyennaleda qator ko‘rgazmalar, mahorat darslari, ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan. Jumladan, hattotlik, naqqoshlik, miniatyura asarlari, 90 ga yaqin oq-qora fotosuratlar, yapon qo‘g‘irchoqlari, kulolchilik, zargarlik mahsulotlari ko‘rgazmadan joy olgan.
Tadbir doirasida xorijiy mehmonlar Samarqand shahrining diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qiladilar. Ko‘rgazma O‘zbekiston rassomlar uyushmasining Samarqand bo‘limi galereyasida davom etadi. Mahorat darslarini o‘zbekistonlik, avstriyalik, rossiyalik amaliy san’at ustalari olib boradilar.
Ko‘rgazma 12-noyabrga qadar davom etadi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q