Jamiyat
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatning 12 ta koʼcha va yoʼlida transport tezligini 70 dan 60 km/soatgacha cheklash taklifi maʼqullandi. Bu haqda Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Viloyat hududidan oʼtuvchi avtomobil yoʼllari va koʼchalarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida quyidagi uchastkalarda tezlikni 60 km/soatgacha kamaytirish tasdiqlangan:
— Samarqand shahridagi M-37a Samarqand halqa yoʼlining 40-43 kilometrlari oraligʼida;
— Afrosiyob, Dahbed va Gagarin koʼchalarida;
— Kattaqoʼrgʼon shahridagi Amir Temur, Samarqand, U.Barnoyev koʼchalarida;
— Urgut tumanidagi 4R-47 avtomobil yoʼlining 57-64 kilometrlari oraligʼida;
— 4R-50 “Tayloq-Urgut” avtomobil yoʼlining 22-24 kilometrlari oraligʼida;
— 4K-522 “Urgut-Pochvon-Ustaxona” avtomobil yoʼlining 0-2 kilometrlari oraligʼida;
— Bulungʼur tumanidagi 4R-47 "Bulungʼur-Urgut M39»avtomobil yoʼlining 0-5 kilometrlari oraligʼida;
— Tayloq tumanidagi A-377 “Samarqand-Ayniy” avtomobil yoʼlining 2-9 kilometrlari oraligʼida.
Deputatlar tasdiqlagan mazkur taklif Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi respublika komissiyasiga taqdim etiladi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q