Siyosat
Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda benzin narxi oshirilishi yuzasidan tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “AI-80 rusumli benzin yoʻq deb qimmat benzinlarni sotishayotgan ekan” mazmunidagi xabarlar eʼlon qilinmoqda.
Hozirgi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda AI-80 rusumli avtobenzinning narxi oshirilmagan va uning 1 litri 6 800 soʻmligicha saqlanib qolmoqda. Shuningdek, AI-92 markali avtobenzin 9500 soʻmdan va AI-95 markali avtobenzin 10 500 soʻmdan sotilmoqda. Barcha turdagi avtobenzin zaxirasi ham yetarli.
“Bugungi kunda respublika neftni qayta ishlash zavodlarida sutkasida 4 000 tonnadan avtobenzin ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali isteʼmolchilar ehtiyojlari uchun yoʻnaltirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan qoʻshimcha avtobenzin importi amalga oshirilmoqda. Joriy yil boshidan bir oyda oʻrtacha 10 ming tonna avtobenzin import qilinmoqda.
Bundan tashqari, xom-ashyo importi hajmlarini oshirish hisobiga avtobenzin ishlab chiqarish va birja savdolariga qoʻyib borilayotgan avtobenzin hajmlarini oshirish choralari koʻrilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q