Fargʻonada IIB xodimi oʻzini otib qoʻydi

Saqlash
19:55 / 06.12.2022 1123 0

Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan oʻzini bosh qismidan jarohatlagan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB xabar berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. joriy yilning 5-dekabrda tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda oʻtkazilgan ertalabki yoʻriqnomaga kelmagan hamda u bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmagan.

 

Oʻtkazilgan surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Fargʻona” kanali yoqasidagi yoʻlining chetida, oʻziga tegishli boʻlgan “Spark” rusumli avtomobilida oʻziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan bosh qismidan jarohatlangan, koma holatda topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

 

Aniqlanishicha, xodim, ijtimoiy tarmoqlarning “1xbet” ilovasidan foydalanib, joriy yilning avgust oyida 45 mln. soʻm yutqazganligi uchun, qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengashning nazoratida boʻlgan.

 

Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan oʻrganilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//