Jamiyat
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg—Toshkent va Sankt-Peterburg—Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyadi.
Uzbekistan Airports xabariga koʻra, Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yoʻlovchi reysi 17-dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing-738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing-738 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi parvoz 16-dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo reys 2022-yil 16-dekabrdan 20-dekabrga koʻchirildi.
“Aeroflot — Rossiya havo yoʻllari” shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. “Aeroflot” guruhiga, shuningdek, “Rossiya” aviakompaniyasi va “Pobeda” loukoster aviakompaniyalari kiradi.
Shuningdek, Eronning “Qeshm Air” aviakompaniyasi ham Tehrondan Oʻzbekistonning ikki shahri — Toshkent va Samarqandga reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.
22-dekabrdan Tehron — Toshkent — Olma-Ota — Tehron va Tehron — Samarqand — Tehron yoʻnalishlarida toʻgʻridan toʻgʻri muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Parvozlar Airbus 320 samolyotlarida, dastlab haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Keyinchalik yoʻlovchilar tomonidan yoʻnalish ijobiy qabul qilinsa, reyslar sonini koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q