Jamiyat
Toshkent viloyatining togʻli hududida ogʻir ahvolda qolgan 3 nafar fuqaro qutqarildi. Bu haqda FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4-dekabr kuni 3 nafar fuqaro Xoʻjakent qishlogʻi hududida joylashgan togʻlarga chiqish maqsadida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga borishgan.
Dengiz sathidan 1700 metr balandlikda sayohatchilardan birining sogʻligʻi keskin yomonlashib qoladi. Natijada oʻzlari pastga tusha olmay, Toshkent viloyati FVBdan amaliy yordam soʻragan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan va sayohatchilarni pastga tushirishgan. Ularning ahvoli yaxshi boʻlganligi sababli kasalxonaga yotqizilmagan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111975
Jamiyat
94702
Jamiyat
90707
Jamiyat
75476
Jamiyat
//
Izoh yo‘q