Kuchli qor tufayli “Samarqand” aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

Saqlash
16:59 / 05.12.2022 1008 0

Bugun, 5-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4:20 dan ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Samarqand xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va joʻnatish vaqtinchalik cheklov joriy etildi.

 

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, koʻrinish 1000 m.gacha, qor, havo harorati -5, ishqalanish koeffitsiyenti 0,28.

 

Shu sababli, “Aeroflot”ning Moskva-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha SU-1874 reysi va Istanbul-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha Turk Havo Yoʻllarining TK-372 reysi Toshkentdagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi.

 

Fly Dubai aviakompaniyasining reysi ob-havo yomonlashgunga qadar — mahalliy vaqt bilan 03:07 da Samarqand aeroportiga qoʻnishga muvaffaq boʻldi. Biroq samolyotning yetib kelishi kechikkanligi sababli Samarqanddan uchish vaqti soat 16:15 ga kechiktirildi.

 

Hozirda aeroportning yerda xizmat koʻrsatish xodimlari barcha zarur choralarni koʻrmoqda – bir necha soat davomida uchish-qoʻnish yoʻlagi va yurish yoʻlaklarini maxsus texnika va kimyoviy vositalar yordamida tozalash ishlari olib borilmoqda. Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, samolyotlarni qabul qilish va joʻnatish boʻyicha cheklovlarni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 gacha uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//