Jamiyat
Toshkentda noqulay ob-havo sabab avtobuslar oraliq interval vaqtlari ortishi mumkin. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalari harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli ayrim avtobus yoʻnalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
“Ob-havoning keskin oʻzgargani, qor yogʻishi va avtomobil yoʻllarida muzlamalar hosil boʻlgani sababli barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat boʻlmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa, qishga moʻljallangan shinalarga ega boʻlmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qatʼiy amal qilishlarini, piyodalardan yoʻlni kesib oʻtishda oʻta hushyor boʻlishlarini, kattalardan yoʻllarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini soʻraymiz”, – deyiladi xabarda.
Poytaxtda 4-dekabr kuni qor yogʻa boshladi. “Oʻzgidromet” 5-dekabr kuni ham qor yogʻishi davom etishi, yoʻllarda yaxmalak yuzaga kelishini maʼlum qildi.
Shuningdek, Toshkentda gaz zapravkalar ham vaqtincha yopilgan. Bu ham oʻz navbatida yoʻllardagi harakatga taʼsir koʻrsatmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q