Jamiyat
Andijondagi “SES” binosi va Izboskan tumani va Termiz shahridagi ikki maktab binosini taʼmirlash bahonasida millionlar oʻmarilgani fosh boʻldi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.b.” MCHJ rahbari M.J. viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida amalga oshirilgan joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha 3 ta shartnoma boʻyicha toʻlovga taqdim etilgan hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish yoʻli bilan 361,6 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Departament hamda DXXning Izboskan tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.B.” koʻp tarmoqli qurilish taʼmirlash korxonasi rahbari Sh.R. “Ya.b.” IK masʼul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari boʻyicha toʻlov hujjatlariga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 309,5 mln soʻmni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “F.S.” MCHJ rahbari X.A. shahar Xalq taʼlimi boʻlim mudiri O.S. bilan oldindan til biriktirib, hududdagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida taʼmirlash ishlarini toʻliq bajarmasdan turib, amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 247,1 mln soʻmni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q