Jamiyat
Kuz-qish mavsumida ob-havoning sovushi sababli ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalariga cheklovlar kiritish toʻgʻrisida xabar berilgandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining maʼlum qilishicha, yuqoridagi holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab boʻla olmaydi.
Oʻz navbatida, qoʻmita tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotgani va tadbirkorlar tomonidan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida metan gazi narxlarini sunʼiy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora koʻrilishi maʼlum qilindi.
“Bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan barcha hududiy boshqarmalariga aniq topshiriqlar berilgan va ular tomonidan nazorat ishlari olib borilayotganligi toʻgʻrisida ogohlantiramiz”, – deya yakunlanadi qoʻmita xabari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
112208
Jamiyat
94885
Jamiyat
90974
Jamiyat
75753
Jamiyat
//
Izoh yo‘q