Jamiyat
Buxoroda universitet talabasi o‘g‘irlikda ayblanmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
2022-yil 2-noyabr kunidan 16 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, Gʻijduvon tumani Armechan mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonida bo‘lgan shkaf ichidan umumiy bahosi 12 000 000 so‘mlik 1 dona erkaklar kumush uzugi, 1 dona ayollar tilla uzugi, 1 dona ayollar tilla to‘g‘nog‘ichi, 1 dona tilla zanjiri, 1 dona bijuteriya to‘g‘nog‘ichi hamda 1 juft bijuteriya ayollar ziraklarini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gʻijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi 2004-tug‘ilgan Buxoro davlat universitetining 1-bosqich talabasi B.U. sodir qilgani aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirgi kunda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
110752
Jamiyat
94440
Jamiyat
90353
Jamiyat
74219
Jamiyat
//
Izoh yo‘q