Dam olish kunlari sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi

Saqlash
17:44 / 02.12.2022 1595 0

Oʻzbekistonda 2−3-dekabr — dam olish kunlari sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet markazi xabar berdi.

 

Xabarga koʻra, juma kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat togʻoldi va togʻli hududlarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Respublikaning eng janubiy qismi baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzi havo harorati 0-5 daraja iliq, shimolda 2-5 daraja sovuq atrofida boʻladi.

 

Sovuq antitsiklon taʼsiri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuq atrofida boʻladi.

 

Respublika barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//