Siyosat
Oʻzbekiston tashqi siyosiy kun tartibini milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda shakllantiradi, shuning uchun Fransiya bilan hamkorlikni kuchaytirishning Ukrainadagi voqealarga aloqasi yoʻq. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Ozodlik” radiosiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Har qanday davlat tashqi siyosiy kun tartibini oʻzining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi. Bizning ham tashqi siyosiy kun tartibimiz davlatimizning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, pragmatik yondashuvga asoslangan holda [shakllantiriladi]. Qandaydir geosiyosiy voqeliklarga yoki geosiyosiy konyekturaga bogʻliq emas”, – dedi Sherzod Asadov.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Fransiyaga tashrif ikki davlat hamkorligi samarasi ekanligiga toʻxtalib oʻtdi: “Yevropa Ittifoqi bizning asosiy iqtisodiy va siyosiy hamkorlarimizdan biridir. Oʻzaro faol hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash har ikkala tomonning ham manfaatlariga mos keladi”, – dedi u.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 21−22-noyabr kunlari, soʻnggi toʻrt yil ichida ikkinchi marta rasmiy tashrif bilan Parijda boʻldi. Yelisey saroyida boʻlib oʻtgan muzokaralarda prezidentlar har tomonlama yuqori darajadagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi. Shuningdek, Parijda 6 mlrd yevrodan ortiq qiymatdagi savdo-iqtisodiy kelishuvlar hamda shartnomalar imzolandi.
Noyabr oyi boshida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikka bagʻishlangan Global Gateway konferensiyasi oʻtkazilgan, unda suv energetika masalasi hamda mintaqani sunʼiy yoʻldosh internet tarmogʻiga ulash toʻgʻrisidagi tashabbuslar ilgari surilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q