Jamiyat
Buxoroda sudlanayotgan 22 nafar sudlanuvchining biri boʻlgan Razbek Bekmuratov 2-iyul kuni Nukus shahri “Naupir” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat yetkazib, “Makarov” markali toʻpponchasini olib qoʻygan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyat sudi binosida boʻlib oʻtayotgan ochiq sud majlisida 1-dekabr kuni tushdan keyin Razbek Bekmuratov Nukusda tartibsizliklar roʻy bergan kunlari boʻlib oʻtgan voqealarni soʻzlab berdi.
Sud, prokuror va advokatlarning savollariga javob qaytarar ekan, jumladan, u ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni koʻrib, taʼsirlanib koʻchaga noqonuniy namoyishga chiqqani, 5-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi oldida katta miting boʻlishi haqidagi xabarlardan koʻproq taʼsirlangani va qoʻllab-quvvatlaganini aytdi.
Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilingani, jumladan, ulardan birining kiyimi majburlab yechtirilayotganda toʻpponchasi yerga tushib ketganini koʻrib, oʻqotar qurolni egallab olganini tan oldi.
Hibsga olingunga qadar Qoraqalpogʻiston davlat universiteti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan 30 yoshli Razbek Bekmuratov avvalgi sud majlisida aybiga qisman iqror ekanini bildirgan edi.
Bugungi boʻlib oʻtgan sud majlisida u koʻzda yosh bilan qilgan ishidan pushaymon ekanini soʻzlab, prezidentdan, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlaridan kechirim soʻradi. Suddan jazo tayinlashda qaramogʻida voyaga yetmagan yosh bolalari borligini inobatga olishni iltimos qilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q