Jamiyat
Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 200 kg go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIB Ахborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan “Mingchinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan viloyat IIB JXX karantin bo‘linmasi va YPX inspektorlari “Shahrisabz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli avtomashinani to‘xtatib, saloni va yukxonasini ko‘zdan kechrishgan. Natijada kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 200 kg go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligini aniqlangan. Haydovchi Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro P.A. bilan bo‘lgan suhbatda u yer chizishdan nariga o‘tmagan.
Ushbu go‘sht mahsulotlari sifatini aniqlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi, Mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya laboratoriyasiga topshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q