JSST koronavirusning yangi shtammlari yulduzlar turkumi nomlari bilan atalishi mumkinligin ma’lum qildi

Saqlash
15:15 / 10.08.2021 1432 0


Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shtammlarini yulduzlar turkumi nomlari bilan atashni rejalashtirmoqda. Bu haqda xalqaro tashkilot eksperti Mariya Van Kerkxovening "The Telegraph" Britaniya gazetasiga bergan intervyusiga asoslanib, Deutsche Welle axborot agentligi xabar berdi.

— Biz yunon alifbosidagi harflar yetarli emasligi uchun biz navbatdagi nomlar ro‘yxatini ko‘rib chiqayapmiz, — dedi M. Kerkxove. Mutaxassisning fikricha, viruslarga qadimgi yunon xudolari nomlarini berish tavsiya qilingan edi, keyinchalik bu rad etildi.

Ma’lumot uchun, JSST virus manbasini joy nomi bilan atashda kamsitish borligini e’tirof etgan. Shu sabab 2021-yil may oyi oxirida virusning yangi mutatsiyasi yunon alifbosining 24 ta harfi bilan nomlana boshladi. Xabarlarga ko'ra, COVID-19ni keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 virusi butun dunyo bo'ylab 202 million odamda aniqlangan va 4 milliondan ortiq bemor vafot etgan, 182 millionga yaqin kishi sog'aygan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//