Fargʻonada Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari soni 10 taga yetdi

Saqlash
19:16 / 01.12.2022 1006 0

Oltiariq tumanida yangi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani binosi foydalanishga topshirildi.

 

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Quvasoy, Margʻilon shaharlari, Dangʻara, Furqat tumanlarida yangi Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari ochildi. Oltiariq tumanidagi mazkur maskan ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.

 

 

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan tuman hokimi Sh.Turdaliyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari M.Sulaymonov Prezidentimizning 2021-yil 26-mart kuni qabul qilingan “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosidagi islohotlarning amaliy samaralari xususida soʻz yuritib, yangi ish boshlayotgan Maʼnaviyat va maʼrifat maskani tuman ahliga oʻziga xos tuhfa boʻlganligini taʼkidladi.

 

 

Oltiariq tadbirkorlari, shoir va yozuvchilari, sanʼatkorlari bilan yurtimizda dovruq qozongan. Ayni kunlarda ularning munosib izdoshlari kamolga yetmoqda. Mana bunday maskanlar esa yosh isteʼdodlarni kashf etish, qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda ijodkorlar uchun xona, kutubxona, tadbirlar zali boʻlib, qulay sharoitlar yaratildi.

 

 

Tadbir ishtirokchilari maskan faoliyati bilan tanishdi hamda ezgu tilaklar bildirdi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//