Xonobodda Maʼnaviyat va maʼrifat maskani foydalanishga topshirildi

Saqlash
17:57 / 01.12.2022 1291 0

30-noyabr kuni Xonobodda Maʼnaviyat va maʼrifat maskani oʻz ish faoliyatini boshladi.

 

Maskanning tantanali ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati boʻlimi rahbari Zilola Toshtemirova, Xonobod shahar hokimi Mashʼalbek Tojiboyev, nuroniylar, yoshlar, ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda bu kabi qulaylik va imkoniyatlar maʼnaviy-maʼrifiy sohani yangi bosqichga olib chiqishi, ijodkor yoshlar uchun muloqot maydoni boʻlishi taʼkidlandi.

 

 

Maʼlumot oʻrnida, maskanda soha xodimlariga sharoitlar yaratish, turli tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga maskanda aholini, ayniqsa yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida elektron kutubxona ish boshladi. Shuningdek, “Bir ziyoli bir mahallaga maʼnaviy homiy”, “bir nuroniy-oʻn nafar yoshga murabbiy” kabi tamoyil asosida faoliyat olib boruvchi nuroniylar ham maskandan joy olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//