Madaniyat
Oʻzbekistonda 2018–2022-yillar davomida tarixiy-meʼmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni obodonlashtirish, taʼmirlash uchun 15,2 milliard soʻm mablagʻ sarf etilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tarixiy-meʼmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, taʼmirlash, obodonlashtirish va ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
2021-yilda fond tomonidan respublika miqyosida 15 ta obyektga jami 2 626 400 950 soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilgan. Xususan, Samarqand shahridagi “Shohi-Zinda” yodgorlik majmuasiga 442 661 808 soʻm, Xorazm viloyatidagi “Pahlavon Mahmud” ziyoratgohiga 734 413 502 soʻm, “Said Alovuddin Pir” ziyoratgohiga 541 727 470 soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilgan.
2022-yilning oʻtgan 11 oyi davomida respublika boʻyicha jami 16 ta obyektga 1 949 890 735 soʻm ajratilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q