Kuzning soʻnggi kunida yana 155 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi

Saqlash
15:13 / 01.12.2022 885 0

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinish holatlari koʻpayishda davom etmoqda.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi axborotiga koʻra, 2022-yil 30-noyabr holatiga respublikada koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 154 nafarni tashkil etgan.

 

Yangi kasallanish holatlarining:

1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

1 nafari Andijon viloyatida,

9 nafari Buxoro viloyatida,

8 nafari Jizzax viloyatida,

4 nafari Qashqadaryo viloyatida,

7 nafari Namangan viloyatida,

10 nafari Samarqand viloyatida,

3 nafari Sirdaryo viloyatida,

9 nafari Surxondaryo viloyatida,

5 nafari Fargʻona viloyatida,

3 nafari Xorazm viloyatida,

15 nafari Toshkent viloyatida,

79 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

 

29-noyabr kuni respublika boʻyicha koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 141 nafarni tashkil etgandi. 28-noyabrda ketma-ket 3 kunlik oʻsishdan keyin koronavirusga chalinish holatlari biroz pasaygandi — 131 nafar. 25-noyabrdan 27-noyabrgacha boʻlgan muddatda esa mazkur statistikada faqat oʻsish kuzatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//