Jamiyat
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi 30-noyabr kuni Afgʻonistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralashi toʻgʻrisida bayonot berdi.
“Jihodiya” madrasasida amalga oshirilgan harakat koʻplab insonlarning, asosan, yosh talabalarning qurbon boʻlishiga olib kelgan.
“Shuni maʼlum qilamizki, bunday zoʻravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab boʻlib, Afgʻonistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatishga, shuningdek, milliy kelishuvga erishishga toʻsqinlik qiladi. Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tez fursatlarda sogʻayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Afgʻonistondagi diniy maktabda portlash yuz berdi. Xabarlarga koʻra, portlash oqibatida 35 kishi halok boʻlgan va 23 kishi jarohatlangan. Hozircha hech bir guruh hodisa uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111975
Jamiyat
94702
Jamiyat
90708
Jamiyat
75476
Jamiyat
//
Izoh yo‘q